
"Liverpul" yozda "Norvich"ning ikki futbolchisini sotib olmoqchi
"Liverpul" klubi "Norvich"ning 2 nafar futbolchisini ko‘z ostiga olib qo‘ydi.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar chap qanot himoyachisi Jamal Lyuis va yarim himoyachi Emiliano Buendiyani o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Ular ushbu ikki futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishadi.
Ma’lumot uchun, ayni damda Lyuisning transfer narxi 12 mln evro, Buendiyaniki esa 18 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar