
"Liverpul" Veynaldum o‘rniga Bundesligadan futbolchi topdi
"Liverpul" klubi "Xoffenxaym" yarim himoyachisi Kristof Baumgartnerning xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "mersisaydliklar" PSJga ko‘chib o‘tgan Jorjino Veynaldum o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rishmoqda. 21 yoshli futbolchining transferi esa 22 million evroga baholanmoqda.
Baumgartner o‘tgan mavsum "Xoffenxaym" safida 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
“Liverpul” yakunlangan mavsum APLda 3-o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasiga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar