
"Liverpul" van Deyk o‘rniga Bundesligadan futbolchi olib keladi
"Shalke" himoyachisi Ozan Kabak faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.
The Sun nashriga ko‘ra, mersisaydliklar 20 yoshli turkiyalik futbolchini uzoq muddatga safdan chiqqan himoyachi Virjil van Deyk o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda. Gelzenkirxenliklar esa Ozanning transferini 29 mln evroga baholamoqda.
Van Deyk jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Kabakning “Shalke” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar