
"Liverpul" vakili frantsuz hujumchisi bilan muzokaralarga kirishdi
"Liverpul" sport direktori Richard Xyuz "Ayntraxt" hujumchisi Ugo Ekitike bilan bo‘lajak transfer borasida muzokaralarga kirishdi.
Frantsiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan futbolchining transfer qiymati 55 million evroga baholanmoqda. Frankfurt klubi safida yaxshi mavsum o‘tkazayotgan Ekitike Bundesligada 26 ta o‘yinda maydonga tushib, s.
Londonda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Richard Xyuz futbolchiga "Liverpul"dagi ehtimoliy kelajagi haqida ma’lumot berdi hamda uning "Enfild"ga ko‘chishga tayyor yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qildi. Bu haqda "Anfield Watch" xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ekitike ilgari boshqa ingliz klublari – "Manchester Yunayted" va "Arsenal" vakillari bilan ham muloqot qilgan. Ular ham futbolchiga qiziqish bildirgan.
Fikrlar