
“Liverpul” va MYu armonda qoldi
“Inter” jamoasining markaziy himoyachisi Stefan de Vreyning kutilmagan qarori Angliya premer-ligasi grandlari – “Liverpul” va “Manchester Yunayted”ning orzusini armonga aylantirdi.
Har ikki klub 28 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga chorlayotgan edi. Biroq, niderlandiyalik himoyachi issiq o‘rnini sovutgisi kelmadi. 28 yoshli futbolchi “Inter” bilan amaldagi shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirishga qaror qildi.
Stefan de Vrey bosh murabbiy Antonio Konte qo‘l ostida joriy mavsumning o‘zida Italiya chempionligiga erishga ishonmoqda. Shuningdek, Bosh murabbiyning ish uslubi uni to‘liq qoniqtiradi.
Fikrlar