
"Liverpul" "triosi"da o‘zgarish bo‘lishi mumkin
"Liverpul" yozgi transfer vaqtida "Real" hujumchisi Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Diario Gol" xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, "qizillar"ni ushbu yozda Mane – Saloh – Firmino uchligidan bir futbolchi tark etadi. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp ushbu pozitsiyani braziliyalik iqtidor bilan to‘ldirmoqchi.
Transfermarkt portali Rodrigoni 45 million evroga baholamoqda. Joriy mavsum 20 yoshli futbolchi 17ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 6 golga assistentlik qildi.
Fikrlar