
"Liverpul" Shveytsariya terma jamoasi futbolchisini sotib olmoqchi
"Liverpul" klubi "Borussiya" Myunxengladbax yarim himoyachisi Denis Zakariining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Sky in Germany nashri tarqatgan xabarga qaraganda mersisaydliklar vakillari 22 yoshli Shveytsariya terma jamoasi a’zosining agenti bilan uchrashishgan va uning transferi masalasini muhokama qilishgan. Aytish lozimki, Denisning transferi mersisaydliklarga taxminan 50 mln evroga tushishi mumkinligi aytilmoqda.
Zakariiga “Liverpul”dan tashqari shuningdek "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Atletiko" jamoalari qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Zakarii joriy mavsum “Borussiya M” safida 13ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar