"Liverpul" Saloh o‘rniga "Real" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 17 oktabr, 2024, 13:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misrlik hujumchi Muhammad Saloh mavsum yakunlangach “Liverpul”ni tark etishi mumkin. Shu munosabat bilan mersisaydliklar unga o‘rinbosar qidirmoqda.

Tecno

Todofichajes nashrining yozishicha, ingliz klubi Saloh o‘rniga Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigoni olib kelishni rejalashtirmoqda. "Liverpul" aynan Rodrigo misrlik futbolchining jamoadagi o‘rnini munosib tarzda to‘ldira oladi, deb hisoblamoqda.

Biroq "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres Rodrigo bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Futbolchining o‘zi ham faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi.

23 yoshli Rodrigo joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!