
“Liverpul” “Real” futbolchisini yo‘ldan urmoqchi
Evropa Chempionlar ligasining chorak finalida o‘zaro to‘qnash keladigan “Liverpul” va “Real” bahsi madridliklar himoyachisi Nacho uchun ko‘rik vazifasini o‘tab beradi. Liverpulliklar bo‘lajak bellashuvlarda Nachoning nimalarga qodirligini bevosita baholab, yozda uni jamoaga taklif qilish masalasiga oydinlik kiritmoqchi.
Ma’lumki, joriy mavsumda “Liverpul” himoya chizig‘ida katta muammolar kelib chiqdi. Asosiy tarkib himoyachilarining barchasi jarohat olib, safdan chiqdi. Shu bois, Yurgen Klopp yozgi transferlar davrida asosiy e’tiborni mahoratli himoyachilarni olishga qaratadi.
Necha joriy mavsumda “Qirollik klubi” uchun barcha turnirlarjda 20 ta o‘yin o‘tkazdi. 31 yoshli futbolchining transferi 9 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar