
"Liverpul" o‘ziga Ispaniyadan zo‘r himoyachi topdi
“Real Sosedad” klubi himoyachisi Diego Lorente faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Razon nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga “Liverpul” qiziqib qolgan. Mersisaydliklar rahbariyati Lorenteni qo‘lga kiritish uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 45 mln evro tovon pulini to‘lashga tayyor.
Diego joriy mavsum La Ligada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Real Sosedad” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar