
"Liverpul" muxlislari uchun xushxabar
Avstriyaga jarohati bois Adam Lallana bormadi va shuningdek Fabino va Joel Matiplar ham tiklanish jarayonini olib bormoqda. Ular yil so‘nggidagi uchrashuvlarni ham o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lib ulgurdi.
Ammo "qizillar" muxlislari uchun yaxshi xabar ham mavjud. Gap shundaki, himoyachi Deyan Lovren va yarim himoyachi Jorjino Veynaldumlar bo‘lajak bahsda jamoasiga yordam bera olishadi. Xorvatiyalik futbolchi "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda kichik jarohat olgan bo‘lsa, Veynaldum o‘sha bahsni o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar