“Liverpul” Muhammad Saloh o‘rniga “Real” yulduzini olib keladi

  • 6 yanvar, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Liverpul” rahbariyati Ispaniya chempioni “Real”ning 24 yoshli hujumkor futbolchisi Rodrigoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

El Nacional nashrining yozishicha, liverpulliklar braziliyalik futbolchini jamoadan ketish ehtimoli oshib borayotgan Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda.

“Liverpul” mutasaddilari Rodrigoning tezkorligi, driblingi, samaradorligi Arne Slot qo‘llayotgan o‘yin uslubiga to‘liq mos tushishini inobatga olgan holda qimmatbaho transferga qo‘l urmoqchi.

Bundan tashqari, Rodrigo hali yosh va “Liverpul” murabbiylari uning yangi qirralarini ochishi va futbolchi sifatida yanada kuchaytira olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!