"Liverpul" Mane o‘rniga ukrainalik futbolchini olib kelmoqchi

  • 13 iyun, 2022, 18:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kievning "Dinamo" klubi va Ukraina terma jamoasi hujumchisi Viktor Tsigankov faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Liverpool.com tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli futbolchiga "Liverpul" jiddiy qiziqib qolgan. Mersisaydliklar uni "Bavariya"ga o‘tishi kutilayotgan Sadio Manega munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Tsigankov o‘tgan mavsum "Dinamo" safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning kievliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!