“Liverpul” hujumchisini “Bavariya”ga sotishdan bosh tortdi

  • 6 iyun, 2022, 23:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati senegallik hujumchi Sadio Maneni “Bavariya”ga sotishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda The Times nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, liverpulliklarga Bundesliga chempioni taklif qilgan summa ma’qul kelmagan. “Bavariya” Maneni olish maqsadida 25 million funt atrofida mablag‘ taklif qilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelasi yili erkin agentga aylanadigan Sadio Mane myunxenliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, germaniyaliklar 30 yoshli to‘purarga uch yillik bitim bergan va yiliga 20 million evro to‘lashga rozi bo‘lgan.

2016 yili “Sautgempton”dan 41,2 million evroga olingan futbolchi “Liverpul” safida 269 ta uchrashuvda maydonga tushib, 120 ta gol va 48 ta assist muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!