"Liverpul" himoyani kuchaytirish uchun yana bir variantni topib qo‘ydi

  • 30 iyun, 15:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" ushbu yozgi transferlar bozorida markaziy himoya chizig‘ini ham kuchaytirmoqchi.

Tecno

Mersasaydliklar "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Klub extimoliy jarohatlarni xisobga olgan holda, top darajadagi himoyachi sotib olmoqchi. Ingliz futbolchisi 2 3 mavsumdan buyon stabil o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. So‘nggi Evropa chempionatida ham Gexi Angliya terma jamoasining asosiy himoyachisi bo‘lgandi. Agar jamoa yangi mavsumda 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynagan taqdirda ham van Deyk, Konate va Gexi yaxshi trio hosil qiladi, deb hisoblaydi klub mutaxassislari.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli fulbek yakunlangan mavsumda umumiy 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Shu bilan birga, Angliya kubogida g‘alaba qozondi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!