“Liverpul” hech kim kutmagan hujumchini oladi. U raqobatda Salohni sindirishi kerak

  • 25 may, 2020, 14:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Grand klublar taniqli charm to‘p ustalarini  “ovlab” vaqt sarflayotgan bir paytda “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolayotgan zo‘r futbolchini o‘z jamoasiga olmoqchi.

Tecno

“Vulverxempton” hujumkor futbolchisi Adama Traore yozda “Liverpul”ning asosiy transfer maqsadi qilib tanlandi. “Barselona” tarbiyalanuvchisi “bo‘rilar” ustozi Nunu Eshpiritu Santu qo‘l ostida bor iste’dodini ko‘rsata oldi. Mutaxassislar uning jismoniy quvvati, tezligi, to‘pni nazorat qilishiga yuqori baho bermoqda.

“Vulverxempton” uni ikki yil muqaddam “Midlsbro”dan 20 million evroga olgandi. Endi ispaniyalik futbolchining bugungi kundagi transfer narxi 60 million funtni tashkil qilmoqda.

Super hujumchi mana shunaqa bo‘ladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!