
"Liverpul" Gvardiolani nishonga olgan muxlisni topdimi?
Yaqinda Angliya premer-ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan “Liverpul” – “Manchester Siti” o‘yinida mersisaydliklar jamoasi muxlislari “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga tanga uloqtirishgan edi. O‘yindan so‘ng ispaniyalik mutaxassis bezorilarga keyingi safar uni aniqroq nishonga olishlari kerakligini aytib, hazillashgandi.
“Liverpul” rahbariyati esa ushbu vaziyat yuzasidan surishtiruv olib bordi, ammo raqib murabbiyiga tanga uloqtirgan muxlislarni aniqlay olmadi.
Klub Enfild kameralaridagi yozuvlarni ko‘rib chiqdi, shuningdek, styuardlar va ba’zi muxlislardan intervyu oldi. Biroq bezorilarning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmadi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha bahsda “Liverpul” Muhammad Salohning yagona goli evaziga “Manchester Siti”ni (1:0) mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar