
"Liverpul" futbolchisi London klubiga o‘tadi
"Liverpul" yarim himoyachisi Xarri Uilson "Fulxem"ga o‘tishga yaqin turibdi.
The Athletic nashri muxbiri Jeyms Pirsning xabar berishicha, London klubi 24 yoshli uelslik futbolchining transfer bo‘yicha mersisaydliklar bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, “Fulxem” Uilsonning transferi uchun “Liverpul”ga 14 million evro to‘laydi.
Xarri Uilson o‘tgan mavsumni "Kardiff" safida ijarada o‘tkazgan edi. U ushbu jamoada 38 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 11 ta golli uzatm yozdirib qo‘ydi.
Uilson yaqinda bo‘lib o‘tgan “Evro-2020”da Uels sharafini himoya qildi.
Fikrlar