
“Liverpul” Evro chempionini qo‘lga kiritmoqchi
"Liverpul" yozgi transfer oynasida yarim himoyani kuchaytirish uchun futbolchi xarid qilmoqchi.
"The Times" xabar berishicha, mersisaytliklarning asosiy nishoni “Real Sosedad” xavbeki Martin Zubimendi bo‘lib turibdi. "Transfermarkt" portali mutaxassislari yarim himoyachini 50 million evroga baholamoqda. Biroq, futbolchining shartnomasida uning tovon puli 60 million evro etib belgilangan.
Shu yozda Martin Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evropa chempioniga aylandi. Zubimendining "Real Sosedad" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
Avvalroq, 25 yoshli yarim himoyachiga Premer-liganing boshqa klublari "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Fikrlar