"Liverpul" bunday natijaga erishgan ilk ingliz klubiga aylandi

  • 22 dekabr, 2019, 03:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida "Flamengo" (0:0, qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0) klubini mag‘lub etib, turnirning 2019 yildagi chempioniga aylandi.

Tecno

Shu tariqa, "Liverpul" musobaqa tarixida chempion bo‘lgan ikkinchi ingliz klubiga aylandi. 2008 yili "Manchester Yunayted" finalda LDU "Kito" (1:0) klubini taslim qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

2012 yili esa "Chelsi" finalda "Korintians" (0:1) jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

"Liverpul" 2005 yili ham ushbu musobaqaning finalida o‘ynagan, ammo "San-Paulu" (0:1) jamoasiga yutqazib qo‘ygan.

Bundan tashqari, "Liverpul" bir mavsumda ChL, UEFA Superkubogi va KO‘JChda g‘olib bo‘la olgan ilk ingliz klubiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu chempionlik Evropa klublarining 12-g‘olibligi bo‘ldi. Janubiy Amerika vakillari musobaqada 4 bor chempion bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!