"Liverpul" 55:0 hisobida g‘alaba qozonishi mumkin, ammo...

  • 17 may, 2022, 13:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq futbolchi Pol Merson "Manchester Siti" APLda g‘olib bo‘lishiga ishonch bildirmoqda. 

"Liverpul" "Sautgempton"ni 55:0 hisobida mag‘lub etishi mumkin, ammo endi bu muhim emas. Ularda chempionlikni qo‘lga kiritish uchun imkoniyat yo‘q. 

"Qizillar" yana nima qilishi kerak. Ushbu jamoa ikki marta kubok finalida g‘olib chiqdi. Shuningdek, EChL finalida ham o‘ynashadi. So‘nggi turlar oldidan APL chempionligi uchun kurashdi. Ularning qilgan ishlari hayratlanarli. Axir, tarkib u qadar ham kuchli emas. 

Hech qanday hurmatsizlik yo‘q. Biroq Angliya Liga kubogi final uchrashuvida mersisaydliklar tarkibida 37 yoshli Milner harakat qildi. Uning ayni vaqtdagi darajasi Gyundogan, Bernardu yoki Mahrezniki kabi emas. 

Jamoalar o‘rtasida tafovut bor. Shu sababli, "Liverpul"ning muvaffaqiyat qozonishi yana ham ajoyib", - dedi "Arsenal" sobiq futbolchisi. 

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!