"Liverpul" 16 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi

  • 18 yanvar, 2021, 16:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Manchester Yunayted" "Liverpul" maydoniga safar qildi. O‘yin nursiz durang bilan yakunlandi.

Tecno

Yurgen Klopp shogirdlari ushbu bahsda qatorasiga 3-marta maydonni golsiz tark etishga majbur bo‘ldi. Mersisaydliklar bundan avval, "Sautgempton" (0:1) hamda "Nyukasl" (0:0) darvozasini ham ishg‘ol eta olmagandi.

Bu 2005 yilning fevral-mart oylaridan beri eng yomon natija hisoblanadi. O‘shanda "qizillar" Rafa Benites qo‘l ostida shunday "quruq seriya"ni boshdan o‘tkazgan. Endi "qizillar" navbatdagi turda "Byornli"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 21 yanvarda bo‘lishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!