“Liverpul” 13 futbolchini ko‘chaga quvyapti

  • 15 aprel, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda klub rahbariyati va muxlislar ishonchini oqlay olmayotgan “Liverpul” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshiriladi.

Tecno

Express nashri jurnalistlarining xabar berishicha, klub mutasaddilari 13 nafar futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yozda bosh murabbiy Yurgen Klopp Adrian, Nabi Keyta, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Roberto Firmino, Artur Melo, Kuimxin Kellexer, Sepp van den Berg, Ris Uillyams, Nataniel Fillips, Jo Gomes, Kostas Tsimikas, Joel Matip va Jeyms Milner bilan xayrlashishga tayyor.

Yurgen Klopp kelasi mavsum yosh, tezkor va kurashuvchan jamoani qayta tashkil qilishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ishoq Ruziev
15/04/2023 16:06
Ularga omad tilaydigan vaqt kelgandi o'zi