
"Liverpul" - "Vulverxempton": Kuchlar teng keldi
Angliya kubogi doirasida "Liverpul" - "Vulverxempton" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Ancha qiziqarli o‘tgan baxsda g‘olib nomi aniqlanmadi. 26-daqiqada Alissonning xatosidan Gansalo Gedesh unumli foydalanib, "bo‘rilar"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Darvin Nunes hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida Salox ham gol urdi. 67-minutda zaxiradan maydonga tushgan Xvan hisobni tenglashtirdi. O‘yinning so‘ngi daqiqalarida Toti Gomes gol urib, jamoasini olinga olib chiqqandi. Ammo ushbu golni VAR bekor qildi.
Fikrlar