
Litva 3 yil deganda o‘z maydonida g‘alaba qozondi
Litva terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida, o‘z maydonida Yangi Zelandiya terma jamoasini qabul qilib, 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alaba litvaliklar uchun 3 yil ichida mezbon sifatidagi ilk g‘alabasi edi. Oxirgi marotaba, Litva termasi o‘z maydonida JCh-2018 saralashi doirasida Malta (2:0) terma jamoasini mag‘lub etishni uddasidan chiqqan edi.
Bundan tashqari, bugungi g‘alaba 2019 yildagi dastlabkisi bo‘ldi.
Fikrlar