
Lionel Messi va Jerar Pike o‘rtasida kelishmovchilik yuz berdimi?
"Barselona" etakchi futbolchilari Jerar Pike va jamoa sardori Lionel Messi mashg‘ulotlar vaqtida janjallashib qolishdi. AS nashri xabariga ko‘ra, voqea o‘tgan seshanba kuni yuz bergan.
Manba xabariga ko‘ra, futbolchilardan birining harakatlari ikkinchisiga manzur kelmagan. Natijada ular baland ovozda tortishib ketishgan, biroq tezda tinchlanib olishgan.
Ushbu qarama-qarshilikdan so‘ng, "Barselona" "Levante" bilan Ispaniya chempionati o‘yinida maydonga tushib, g‘alaba qozondi.
Fikrlar