
Lioenl Messi: "AQShda o‘zimni uydagidek his qilyapman"
Argentina milliy terma jamoasi va AQShning "Inter Mayami" klubi futbolchisi Lionel Messi jurnalist va insayder Fabritsio Romanoga bergan intervyusida Amerika diyoridagi hayot, klubidagi faoliyati va MLSga moslashish jarayoni to‘g‘rsida gapirib o‘tdi.
"Men o‘yin uslubimni vaqt o‘tishi bilan hozirgi holatimga ya’ni yoshimga qarab o‘zgartirib bordim. Aslini olganda mening tabiatim shunday. Qaerga borsam ham asta-sekin hamma narsaga moslashib keta olaman.
Men o‘zimni qayta ko‘rib chiqa boshladim va o‘zim uchun yangi ligani kashf etdim.boshladim. Bu erga kelgan ilk kunlarimdanoq o‘zimni juda qulay his qildim. Barcha kerakli narsalar muhayyo qilingan edi.
Oilam, farzandlarim va rafiqamga ham AQSh juda yoqib qoldi. Biz bu mamlakatda hali uzoqroq vaqt davomida qolish istagidamiz", - dedi Lionel Messi.
Fikrlar