Lingard ispan klubiga o‘tishi mumkin

  • 7 dekabr, 2020, 20:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Sosedad" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ispan klubi 27 yoshli angliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida ijaraga olmoqchi. Jessining o‘zi ham “qizil iblislar” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab boshqa jamoaga o‘tishga tayyor.

Lingard “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!