Lingard faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

  • 27 iyun, 2023, 23:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni dam erkin agent bo‘lib turgan Jessi Lingard o‘ziga yangi jamoa izlamoqda. Variantlar orasida albatta Saudiya klublari ham bor. 

Tecno

"Nottinem Forest"ga ko‘chib o‘tishi omadli bo‘lmadi. U yakuniga etgan mavsumda jamoasining 20 ta o‘yinida maydonga tushgan. Kyuper shogirdlari esa APLda qolish uchun kurashib, bunga erishdi ham. 

Jessi "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida Saudiya Arabistonidan kelayotgan takliflarni ham qabul qilishi mumkinligini aytdi. 

"Menga kelgan barcha takliflarni ko‘rib chiqmoqdaman. Hali hech qaysi taklifni rad qilganim yo‘q. Men hozir o‘zim uchun eng to‘g‘ri qarorni chiqarishim kerak", - dedi Lingard.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!