
Levandovskining keyingi manzili aniq
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” anchadan beri asosiy to‘purari Robert Levandovskining o‘rnini bosa oladigan forvard qidirmoqda.
“Manchester Yunayted”dan transfer qilingan Markus Reshfordning asosiy ampluasi qanot hujumchisi bo‘lsa-da, 27 yoshli futbolchi markaziy hujumchi vazifasini ham bajara oladi.
Levandovskining “Barsa” bilan shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi. Bir necha mavsumdan beri 36 yoshli forvardni o‘z ligasiga chorlayotgan Saudiya Arabistoni klublari bu muddatni intizorlik bilan kutmoqda.
Al-Riyadiyah nashrining yozishicha, polshalik futbolchi Kataloniyadagi faoliyatini yakunlagach, Saudiya Arabistoni klublari bilan shartnoma tuzishi ehtimoli katta ekan.
Levandovskining manfaatlarini himoya qilayotgan agentlik vakillari ham o‘yinchining Saudiya Arabistoniga o‘tish rejasi borligini tasdiqladi.
Yakunlangan mavsumda “Barselona” tarkibida barcha turnirlarda 52 ta uchrashuv o‘tkazgan Levandovski raqiblar darvozasini 42 marta ishg‘ol qildi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning 30 avgust kuni tugaydi.
Fikrlar