
Levandovskini to‘xtatib bo‘lmayapti
7 sentyabr, chorshanba kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan “Barselona” – “Viktoriya Plzen” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv kataloniyaliklarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ispan klubi safida Robert Levandovski uchta gol urdi. Polshalik hujumchi uchun bu Chempionlar ligasidagi 6-xet-trik bo‘ldi. Turnirlarda faqat ikkita futbolchi undan ko‘proq xet-trik qayd etgan: Krishtianu Ronaldu va Lionel Messida 8 tadan.
Shuningdek, Levandovski Chempionlar ligasi o‘yinida uch xil klub safida xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Polshalik futbolchi 88 ta gol bilan Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida ham uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar