Levandovski Ronaldu va Messi ortidan ketmoqda

  • 26 noyabr, 2020, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Evropa Chempionlar ligasining eng zo‘r to‘purarlari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tecno

Musobaqaning navbatdagi uchrashuvida polshalik forvard “Red Bull Zaltsburg” darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Levandovskining Chempionlar ligasi tarixidagi 71-goli sifatida qayd etildi. Robert ro‘yxatda o‘zidan oldin turgan “Real” hujumchisi Raul bilan tenglashib oldi. Ispan hujumchisi faoliyatini yakunlaganiga ancha bo‘lganini inobatga olsak, Levandovski undan o‘zib ketishi tabiiy.

Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobida 131 ta gol bor. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Lionel Messi raqiblar darvozasini 118 marta aniq nishonga olgan.

Maradonaning so‘nggi so‘zlari ma’lum bo‘ldi

Dembele Angliyaga ketadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!