Levandovski: "Jismoniy holatim o‘n yil avvalgidan yaxshiroq"

  • 20 mart, 2024, 16:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Polsha terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Robert Levandovski sport formasi haqida gapirdi.
 
"Hozirda men jismoniy holatdan o‘n yil avvalgidan yaxshiroqman. 25-26 yoshda ham va hatto ikki yil oldin ham hozirgidek darajada emas edim. 
Mashg‘ulotlarda yaxshi o‘tkazyapman, o‘zimni juda yaxshi his qilyaman", - dedi 35 yoshli forvard.
 
Eslatib o‘tamiz, Levandovski "Barsa" safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!