"Lester" o‘z safini "Yuventus" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

  • 25 dekabr, 2019, 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Lester" klubi "Yuventus" himoyachisi Daniel Ruganining xizmatlariga qizqish bildira boshladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli futbolchi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani bois turinliklar safidan ketmoqchi. Shu bois “keksa sinora” rahbariyati uni “tulkilar”ga sotishga tayyor. Uning transferi esa 19 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Rugani joriy mavsum “Yuventus” safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!