
"Lester" kutilmaganda o‘z maydonida "Fulxem"ga yutqazib qo‘ydi (video)
Angliya premer-ligasining 10-turida “Lester” o‘z maydonida “Fulxem”ga qarshi bahs olib bordi.
“King Pover” stadionida kechgan bellashuv kutilmaganda mezbonlarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Londonliklarga g‘alaba keltirgan gollarni Ademola Lukman (30') va Ivan Kavaleyru (38') kiritgan bo‘lsa, “tulkilar”ning yagona javob goliga Xarvi Barns (86') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar