L'Equipe: "Neymar Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin"

  • 4 dekabr, 2022, 17:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi etakchisi Neymar Jahon chempionati 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Tecno

Bugun yarim himoyachi katta tanaffusdan keyin ilk bor jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi va o‘tkazilgan o‘zaro o‘yinda gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, to‘p bilan ishladi va darvoza tomon zarba yo‘llash mashqlarini ham bajardi.

"L'Equipe" nashri ma’lumotlariga qaraganda, u "Osiyo yo‘lbarslari"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin. Shu bilan birga, Tite uni maydonga tushirish-tushirmasligi noma’lum.

Braziliya - Janubiy Koreya uchrashuvi 5-dan 6 dekabrga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!