
Legionerlarimiz duelida Iskanderov klubi ustun keldi, Aliboev jamoasi 1 ochko bilan cheklandi
Janubiy Koreya Key-Ligasi 22-turidan o‘rin olgan bahslar o‘z yakuniga etdi. Unda hamyurtlarimiz harakat qilayotgan jamoalar ham o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.
Ikki legionerimizning o‘zaro kurashi - "Sonnam" hamda "Kvanju" klublari bellashuvida Iskanderov o‘ynaydigan "Sonnam" klubi 2:0 hisobida zafar quchdi. Ashurmatov bu o‘yinda to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Jamshid Iskanderov 28 daqiqa o‘ynadi.
Shuningdek, Doston Tursunovning "Pusan Ay Park" klubi "Chonbuk Motors" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hamyurtimiz 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Ikrom Aliboev harakat qilayotgan "Seul" jamoasi "Tegu"ni qabul qildi va nursiz durang o‘ynadi. Hamyurtimiz bu o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmadi.
Fikrlar