
Legionerlarimiz. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi o‘ynaydi
Bugun xorijda o‘ynayotgan legionerlarimiz o‘z jamoasi bilan chempionat uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Bugun RPLnnig 20-tur o‘yinlariga start beriladi. Abbosbek Fayzullaev harakat qilayotgan TsSKA safarda "Krilya Sovetov" bilan bahs olib boradi. Bellashuv 16:30da start oladi.
BAA chempionati 15-turida Aziz G‘aniev sharafini himoya qilayotgan "Shabab Al Ahli" "Xatta" mehmoni bo‘ladi.
Osiyo kubogidan so‘ng uch nafar legionerimiz Eron chempionatiga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor. Eron Pro Ligasi 19-turidan Oston O‘runov jamoasi - "Persopolis" o‘z maydonida "Fulad"ni qabul qiladi. O‘yin 19:00da start oladi.
Bundan tashqari, Jaloliddin Masharipov o‘ynayotgan "Istiqlol" safarda "Istiqlol Xuziston" bilan bellashadi. Ushbu bahs 21:15da strat oladi.
Turkiya Superligasining 29-uchrashuvlariga bugun start beriladi. Husniddin Aliqulov jamoasi - "Rizespor" "Galatasaroy" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 22:00da strat oladii.
Fikrlar