
Legionerlarimiz. Bugun Otabek Shukurov jamoasini muhim o‘yin kutib turibdi
Bugun BAA chempionatida 23-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Unda hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p tepadigan "Sharja" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Sharjaliklar o‘z maydonida "Xor-Fakkan" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Sharja" ayni payt turnir jadvalida 45 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. "Xor-Fakkan" hisobida 22 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 11-pog‘onani band etgan.
Fikrlar