
Legionerlarimiz. Bugun Amonov jamoasi navbatdagi o‘yinni o‘tkazadi
Bugun Eron Premer-ligasi 19-turi uchrashuvlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Aziz Amonov harakat qilayotgan "Istiqlol" klubi o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi. Poytaxtliklarga "Moghavemat" jamoasi raqiblik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Mazkur bellashuv oldidan "Istiqlol" 44 ochko to‘plagan holda, peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Sheroz klubi 14 ochko bilan 14-pog‘onani band etgan.
Fikrlar