Legionerlarimiz. Bugun Abdixoliqov, Yo‘ldoshev, Masharipov va yana bir nechta futbolchilarimizning o‘yini bor

  • 9 aprel, 2023, 14:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugungi sanada bir necha legionerlarimizning jamoalari chempionat doirasida bahs olib boradi.

Tecno

Qozog‘iston chempionati. Bobir Abdixoliqov va Shahboz Umarov harakat qilayotgan "Ordabasi" chempionatning 5-tur doirasida o‘z uyida "Aktobe"ni qabul qiladi. Mazur bahs 20:00da start oladi.

Qozog‘iston chempionatining 5-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv - "Tobol" - "Astana" bahsi bo‘lib o‘tadi. "Tobol" safida harakat qilayotgan vakilimiz Igor Sergeev ham ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshashi kutilmoqda. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

RPL. Rossiya premer-ligasining 22-turida "Krasnodar" va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harkat qilayotgan "Nijniy Novgorod" bahsi bo‘lib o‘tadi. Bu bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Saudiya Arabistoni chempionati. Bugun Saudiya Arabistoni chempionati 23-tur o‘yinlari start oladi.

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "An-Nasr" klubi safarda "Al-Feyha" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!