
Legionerlarimiz. Aliqulov jamoasi Shukurov jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi
Turkiya Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Rizespor" - "Fotix Karagyumryuk" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Rizespor"da harakat qilayotgan legionerimiz Husniddin Aliqulov 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi, mehmonlar safidagi hamyurtimiz Otabek Shukurov esa 70-daqiqadan boshlab maydonda harakat qildi.
Shu tariqa, "Rizespor" turnir jadvali peshqadamiga aylanib oldi.
Fikrlar