
Legionerlarimiz. Abbosbek Fayzullaev ramziy RPLning tur ramziy jamoasiga kiritildi (foto)
Rossiya premer ligasining 8-turidan o‘rin olgan TsSKA va "Krilya Sovetov" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Abbosbek Fayzullaev ushbu bellashuvning ikkinchi taym boshida maydonga tushirildi. Hamyurtimiz Moskva klubi safida ilk foydali harakatini amalga oshirdi. U sherigi Chalovning goliga assistentlik qildi. Fayzullaev o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
19 yoshli hamyurtimiz Match Premer talqiniga ko‘ra Rossiya premer-ligasi 8-tur ramziy terma jamoasiga kiritildi.
Fikrlar