Legionerimizning super goli eng zo‘r, deb topildi!

  • 19 mart, 2021, 07:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatining oliy ligasi birinchi turida BATE sharafini himoya qilayotgan Shahboz Umarov “Slutsk” darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinda hisobni ochgan edi.

Tecno

Belarus futbol federatsiyasi o‘zining yutub-kanali orqali chempionatning birinchi turida kiritilgan gollar orasidan eng yaxshisini tanlash bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Unga ko‘ra, Shahbozning aniq zarbasi birinchi turning eng zo‘r goli bo‘ldi.

Oltin medal uchun kurashda Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi bilan raqobatlashayotgan BATE ilk uchrashuvda “Slutsk” ustidan 3:0 hisobida zafar quchgandi. Borisovliklar tarkibiga “Energetik-BGU”dan o‘tgan Shahboz Umarov beshinchi daqiqada raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, aniq zarba bilan hisobni ochdi va gollar shousini boshlab berdi. Keyinroq, Shahboz ikkinchi golni ura olmaganidan afsusdaligini ham bildirdi.

0d3ee44aa9aabf62a555dff7b8e026a7

Shahboz Umarov Belarus chempionatidagi faoliyatini o‘tgan yili “Energetik-BGU”da boshlagan va bu jamoa safida chempionatning barcha – 30 ta bahsida qatnashgan yagona futbolchi bo‘lgandi. Hamyurtimiz bu uchrashuvlarda to‘rtta gol urib, uchta golli pas oshirgan. Ayniqsa, uning uzoq masofadan jarima zarbasini aniq yo‘llab, BATE darvozasiga urgan goli Evropa kanallarida ancha aylandi. Shu goldan so‘ng borisovliklar o‘zbek futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olgandi. Biroq, kelishuvga ko‘ra, Shahboz mavsumni “Energetik-BGU” tarkibida yakunlab, yangi mavsum oldidan BATEga qo‘shildi.

Belarus chempionati oliy ligasining ikkinchi tur uchrashuvilari 19-20 mart kunlari o‘tkaziladi. 20 mart kuni “Shaxtyor” safar uchrashuvida “Energetik-BGU” mehmoni bo‘ladi. Shu kuni turning markaziy uchrashuvida BATE futbolchilari “Dinamo-Brest” maydonida o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

Belarus chempionatida yana bir o‘zbek futbolchisi to‘p surayotganidan xabaringiz bor. Bekobodning “Metallurg” jamoasi hujumchisi Shahzod Ubaydullaev bu yildan e’tiboran Belarus chempioni – “Shaxtyor” klubi sharafini himoya qilmoqda. Bu jamoa yangi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida qatnashadi.

photo_2021-01-29_20-51-42

Chempionlik unvonini himoya qilayotgan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi birinchi turda “Minsk” bilan kuch sinashgandi. O‘z maydonidagi qiyin o‘yinda “konchilar” kichik hisobda g‘alaba qozondi. Shahzod Ubaydullaev “Minsk” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan bahsning 80-daqiqasida maydonga tushib, debyutini nishonladi.

“Shaxtyor” futbolchilari ikkinchi tur uchrashuvini Shahboz Umarov, Jasur Yaxshiboevni evropaliklarga kashf qilib bergan “Energetik-BGU” jamoasi maydonida o‘tkazadi. O‘yin 20 mart kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

Biz yangi mavsumda ikki futbolchimiz jamoalari o‘rtasidagi raqobatni kuzatib boramiz. Shahzod Ubaydullaev ham, Shahboz Umarov ham Belarus chempionati orqali Evropaning kuchli ligalariga o‘tish maqsadida to‘p surmoqda. Ularning ishlariga omad tilab qolamiz.

Ikki legionerimizdan biri Evropada ilk sovringa ega bo‘ladi!

 Supergol urgan legionerimiz nimadan afsuslandi?

“O‘zbek legioneri bilan raqobatlashishdan qo‘rqmayman!”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!