
Legionerimizning shartnomasi tugayapti, tez orada O‘zbekistonga qaytadi
2019 yildan beri Rossiya Milliy futbol ligasida “Nefteximik” sharafini himoya qilayotgan Bobur Davlatovning 30 may kuni klubi bilan shartnomasi yakuniga etadi.
Futbolchining sports.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, tez orada O‘zbekistonga qaytadi. U “Nefteximik” bilan shartnomasini uzaytiradimi? Hozircha bu mavhum bo‘lib turibdi. Negaki, Davlatov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga ham qarshi emas. Shu bois takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. O‘zining aytishicha, jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan. Lekin “Nefteximik”ning asosiy tarkibidan joy olishi qiyin kechmoqda.
Masalan, kecha safarda “Chayka Peschanokopskoe”ga qarshi uchrashuvda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bobur Davlatov bilan Vagiz Galiulin “Nefteximik” safida maydonga tushmadi. Yaqin orada O‘zbekistonga qaytgach, keyingi taqdiri borasida bir qarorga kelishi kutilyapti.
Fikrlar