
Legionerimiz: Yaxshiboevning saviyasi Moldova chempionatidan yuqori!
Belarus chempionatida ajoyib o‘yin namoyish etayotgan Bobur Abduxoliqov ko‘plab xorijlik mutaxassislar va muxlislar nazariga tushdi. “Energetik-BGU” sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Bularus oliy ligasida oltita uchrashuvda sakkizta gol va uchta assist bilan chempionatning eng yaxshi to‘purari va eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
Legioner sifatida yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Bobur Abduxoliqov bilan yaqindan tanishish maqsadida Belarus futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.football.by sayti eksklyuziv intervyu tashkillashtirdi.
- Yaxshiboev Chempionlar ligasida “Real”ga gol urdi. “Sherif” Evrokuboklardan chiqib ketganidan keyin u Moldova chempionatida deyarli o‘ynamadi. Nega?
- Anig‘ini bilmayman. O‘ylashimcha,hozir u norozi. Chunki uning saviyasi Moldova chempionatidan ancha yuqori. Agar “Legiya”da bir yil to‘liq o‘ynaganida Polshadagi faoliyati engilroq o‘tardi.
- Shahboz Umarov haqida nima deysan, u hozir BATEda o‘ynamayapti?
- Bu men bir yil oldin Ukrainada duch kelgan vaziyat bilan bir xil holat. Sabr bilan o‘z vaqti kelishini kutish kerak.
- Senga xorijiy davlatda nimalar etishmayapti?
- Oilam va yaqinlarimdan uzoqda ekanim bilinadi. Ularni sog‘inyapman. Qishda uyimda ikki haftagina bo‘ldim. “Energetik”da ta’til juda kam.
- Bo‘sh qaytingni qanday o‘tkazasan?
- O‘yin o‘ynayman, kinoni kam ko‘raman. Undan ko‘ra, mening ampluamdagi futbol yulduzlari – Benzama, Levandovski va Xolandning o‘yinini tomosha qilganim ma’qul.
- Chempionlar ligasini kim yotadi?
- “Liverpul” yutsa kerak. Ular hozir dunyoda eng zo‘ri. “Liverpul”ning o‘yini bolaligimdan muxlislik qiladigan “Chelsi”nikidan ko‘ra ko‘proq yoqyapti. “Chelsi”da Lempard va Drogba o‘ynagan davrdan muxlislik qilaman.
- “Energetik”ning tonggi mashg‘ulotlariga uyg‘onish qiyinmi?
- Eng muhimi, ko‘nikish. Erta turish yaxshi odat. Chunki erta, soat kechki 10 da yotishga to‘g‘ri keladi. Demak, uyquga to‘yish, o‘zini tiklab olish mumkin.
- “Energetik” tabiiy chimda o‘ynay boshladi. Sun’iy qoplamada o‘ynash qanday bo‘ldi?
- Normal holat. Qarshidagi akademiyada sun’iy qoplamali maydonimiz bo‘lardi. Men bunga ko‘nikkanman. Lekin sun’iy qoplamada mashg‘ulot o‘tab, tabiiy chimda futbol o‘ynasang, oyoq og‘riydi.
- Chempionat boshlanmay turib, nechta gol urishni rejalashtirganding?
- Kamida o‘n beshta. Yaxshisi yigirmatta. Har qanday hujumchi kabi men uchun ham bu yaxshi ko‘rsatkich.
- Reja o‘zgarmadimi?
- Doim yuqori maqsadlarni qo‘yish kerak. Birinchi davra yakuniga to‘qqizta tur qoldi. Shu vaqt oralig‘ida 12 ta to‘p kiritmoqchiman. O‘xshasa, o‘n beshtaga etkazib qo‘yaman.
- Agar yozda boshqa jamoalar, masalan “Shaxtyor”dan taklif bo‘lsa, nima qilasan?
- Agentlarim bilan jiddi o‘ylab ko‘raman. Ukrainada bo‘lgani kabi faoliyatimda ikkinchi marta xato qilishni istamayman. Endi uni to‘g‘rilash qiyin bo‘ladi. Aprelda 25 ga kirdim va doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishim men uchun muhim.
- Anatoliy Yurevich nima deyapti?
- Bo‘shashma, ishlashda davom et, sening ishing gol urish, deyapti.
- Albatta, u sening yulduzlik kasaliga chalinishingni istamaydi...
- Men unaqa emasman. Qolaversa, har bir o‘yinim ham zo‘r chiqayotgani yo‘q. Bittasi o‘xshasa, ikkinchisi o‘xshamayapti. “Slutsk” va “Isloch” bilan bellashuvda vaziyatlar bo‘ldi, gol urolmadim. Hujumchilarga to‘plarni etkazib beradigan pleymeykerlar kerak. To‘p menga etib kelsa, vaziyatlar har doim bo‘ladi. Ularni aniq darvozaga joylash qoladi xolos. Ko‘p vaziyat – ko‘p gol.
Fikrlar