Legionerimizning Premer-ligada to‘purar bo‘lishiga ishonishmayapti!

  • 14 sentabr, 2024, 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida bir necha jamoa chempionlik uchun kurashmoqda. Ular orasida amaldagi chempion “Ordabasi” va hozircha musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turgan “Qayrat” tarkibida o‘zbekistonlik legionerlar to‘p tepmoqda.

Tecno

Xususan, Jasurbek Yaxshiboev va Shahboz Umarov “Ordabasi”ga chempionlik unvonini himoya qilishda yordam berayotgan bo‘lsa, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Qayrat”ning  yuqori o‘rinlar uchun kurashishiga ko‘maklashyapti.

Har uchala futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoaga nomzod o‘yinchilar hisoblanadi.

Premer-ligada to‘purarlar poygasi ham qizg‘in kechmoqda. Qozog‘iston terma jamoasining sobiq futbolchisi Evgeniy Averchenko joriy mavsumda chempionatda qaysi futbolchi eng ko‘p gol ura olishi haqidagi savolga javob berdi.

- Qozog‘iston Premer-ligasida to‘purarlar poygasida qaysi futbolchi g‘olib bo‘lishini oldindan aytish juda qiyin. Hozircha, eng ko‘p to‘p kiritganlar hisobida ettitadan gol bor va bu juda oz.

Shunga qaramay, men Joao Pauloni tanlagan bo‘larlim. Braziliyalik o‘yinchi bir necha mavsumdan beri to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelmoqda. U o‘z davrida “Ordabasi” uchun ham gollar urgan, endi shu ishni “Qayrat”da  amalga oshiryapti.

O‘ylashimcha, aynan mana shu futbolchi chempionatning eng yaxshi to‘purari nomini yana bir karra oqlaydi, - dedi Evgeniy Averchenko.

Qozog‘iston Premer-ligasida “Ordabasi”ning o‘zbek futbolchisi Jasurbek Yaxshiboev, “Qayrat”ning braziliyalik legioneri Joao Paulo, “Tobol” hujumkor o‘yinchisi Islom Chesnokov ettita gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

Yaxshiboev va Chesnokov ettita gol urish uchun 13 tadan uchrashuvda maydonga tushishiga to‘g‘ri kelgan. Braziliyalik Paulo esa, 18 ta bellashuvning barida qatnashib, ushbu ko‘rsatkichni qayd etdi.

2024 yilning boshida “Ordabasi” jamoasi bilan shartnoma imzolagan 27 yoshli Jasurbek Yaxshiboev chempion tarkibiga kirishib ketdi.

Hamyurtimiz Premer-ligada “Shaxtyor” darvozasiga ikkita uchrashuvda uchta to‘p kiritdi. “Qayrat”, “Turon”, “Jetisu”, “Qaysar” bilan bahslarida o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Jasurbek Yaxshiboev “Ordabasi”ning eng sovrindor futbolchilaridan hisoblanadi. Xususan, mohir hujumchimiz 2017 yili “Paxtakor” tarkibida O‘zbekiston chempionatining bronza medali sohibi bo‘ldi.

Bir yildan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Osiyo kubogini qo‘lga kiritdi.

2020 yili legionerga aylangan Jasurbek “Shaxtyor-Soligorsk” tarkibida Belarus chempionati birinchi, ushbu mamlakat oliy ligasi to‘purarlari bahsida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yaxshiboev 2021 yili “Legiya” jamoasi safida Polsha chempioni, bir yildan keyin “Sherif” bilan Moldova chempionati g‘olibi bo‘ldi.

Jasurbek Yaxshiboev O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi sifatida xalqaro maydonda o‘nta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan.

 

Evropadagi legionerimiz g‘alabaga tayyorlanyapti (foto)

Evropani zabt etishga ketgan o‘zbek futbolchisi haqida ma’lumotlar

Raqibda bunaqa talantlar yo‘q! O‘zbekiston, Shomurodov va O‘runovga qanday baho berishdi?

Shomurodov “DiSu”ga qarshi!

Shomurodovga Evropada yana imkoniyat berishga qaror qilishdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!