
Legionerimiz jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Fotih Karagyumruk" yarim himoyachisi Otabek Shukurov klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "FotoSpor" nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, "Fenerbaxche" klubi hamyurtimizga qiziqish bildirmoqda. Krespo yoki Zayts istanbulliklar safini tark etsa, "sariq-ko‘klar" Otabekni o‘z safiga qo‘shib oladi.
Ma’lumot uchun, yangi mavsumdan boshlab o‘zbekistonlik futbolchilar Turkiyada legioner hisoblanmaydi.
Fikrlar