
Legionerimiz birinchi golini urdi
Rossiya chempionatining birinchi ligasida o‘ynayotgan “Nefteximik” jamoasi 30-turda “Kuban” mehmoni bo‘ldi.
Raqib maydonida o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. “Nefteximik” goliga o‘zbekistonlik legioner Vagiz Galiulin mualliflik qildi.
36 yoshli yarim himoyachimiz joriy mavsumdagi 17-uchrashuvida birinchi golini urdi.
Vagiz Galiulin faoliyatining katta qismini aynan “Nefteximik”da o‘tkazmoqda.
Legionerimiz ushbu jamoa safida jami 151 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 24 ta golli pas uzatgan.
Asli andijonlik bo‘lgan Vagiz futbolchilik faoliyatini o‘z shahri jamoasi – “Andijon”da boshlagan va keyinchalik “Buxoro” klubiga ko‘chib o‘tgan.
2006 yili Galiulin Rossiya chempionatiga yo‘l oldi va Qozonning “Rubin” klubi ikkinchi jamoasiga qabul qilindi. To‘rt yildan keyin Vagiz qozonliklarning asosiy jamoasiga o‘tdi.
Hamyurtimiz hozirga qadar Rossiya chempionati Premer-ligasi va birinchi ligasining bir necha klublarida o‘ynagan. Xususan, “Rubin” va “Nefteximik”dan tashqari, “Ufa”, “Tambov”, “Sibir”, “Tosno” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Tajribali yarim himoyachi klublar miqyosida jami 405 ta bellashuvda maydonga tushib, 44 ta gol va 43 ta assist muallifi bo‘lgan.
Galiulik “Rubin” safida 2008 yili Rossiya chempionati, 2010 yili MDH chempionlari kubogida g‘olib chiqqan.
2018 yilda “Tosno” jamoasi bilan Rossiya kubogini qo‘lga kiritdi.
Vagiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi sifatida 14 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Legionerimizning “Nefteximik” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi.
Shomurodov sobiq jamoasiga “tish qayradi”!
Fayzullaev birdaniga uchta sovringa da’vogar
Fikrlar