
"Latsio" "Roma" va "Atalanta"ni quvib o‘tdi
A Seriya 31-turidan o‘rin olgan "Latsio" - "Sassuolo" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Burgutlar" safida Manel Ladzari hisobni ochgan bo‘lsa, Sergey-Milinkovich-Savich 51-daqiqada farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Faqatgina o‘yin so‘nggida Hamed Traore hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Sarri shogirdlari ochkolari sonini 52 taga etkazib olgan holda, Italiya chempionati turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 43 ochkosi bor "Sassuolo" 9-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar